Live
2
O'zbek

Mudrikkа APLning uch klubi qiziqish bildirmoqda

Futbol
3 avgust, 17:16
Ular orasida APLga yangi chiqqan «Koventri» ham bor.
Mudrikkа APLning uch klubi qiziqish bildirmoqda
Фото: Getty Images

«Chelsi» vingeri Mixail Mudrik diskvalifikatsiyasi muddatidan oldin tugaganidan soʻng bir qator klublar futbolchining transferi boʻyicha murojaat qildi. Bu haqda The Sun nashri xabar tarqatdi.

Manbaga koʻra, ukrainalik futbolchiga Angliya Premer-ligasining uch klubi qiziqish bildirmoqda. Ular orasida APLga yangi chiqqan «Koventri» ham bor. Mazkur jamoani «Chelsi»ning sobiq bosh murabbiyi Frenk Lempard boshqarmoqda.

Ma'lumot uchun, Mixail Lempard qoʻl ostida «koʻklar» safida 8 ta uchrashuvda maydonga tushgan.

Avvalroq «Chelsi» matbuot xizmati Mudrik jamoaning yigʻinlariga qoʻshilganini rasmiy tasdiqlagan edi. Futbolchi 2024 yil dekabr oyida doping bilan bogʻliq diskvalifikatsiyadan soʻng asosiy jamoadan alohida mashgʻulot oʻtkazib kelgan.

«Chelsi» bosh murabbiyi Xabi Alonso vinger boʻyicha shoshilmayapti. Ispaniyalik mutaxassis Mudrikkа oʻzini koʻrsatish uchun vaqt bermoqchi.

Bugungi yangiliklar