Live
2
O'zbek

Rasman: Palasios – “Fulhem” futbolchisi

Futbol
3 avgust, 17:25
Transferning moliyaviy shartlari rasman oshkor etilmagan.
Rasman: Palasios – “Fulhem” futbolchisi
Фото: Fulham FC

“Fulhem” klubi “Real” yarimhimoyachisi Sesar Palasiosni o‘z safiga qo‘shib olganini rasman e’lon qildi.

London klubi 21 yoshli havbek bilan 2031 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnoma imzoladi. Shuningdek, kelishuvda uni yana bir yilga uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan. Endilikda Palasios “Fulhem” safida 8-raqam ostida to‘p tepadi.

Transferning moliyaviy shartlari rasman oshkor etilmagan. Ammo avvalroq ingliz klubi ushbu transfer uchun taxminan 10 million yevro to‘lagan. Shu bilan birga, “Real” futbolchining keyingi ehtimoliy transferidan tushadigan mablag‘ning 30 foizini olish huquqini saqlab qolgan.

Avvalroq “Fulhem” Gonsalo Garsiya bilan shartnoma imzolaganini e’lon qilgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fulhem Fulhem
Bugungi yangiliklar