Live
1
O'zbek

Rasman: Mariu ijara asosida "Fiorentina"ga o‘tdi

Futbol
3 avgust, 15:57
26 yoshli futbolchi "binafsharanglilar" safida 2027 yilning yoziga qadar ijara asosida to‘p tepadi.
Rasman: Mariu ijara asosida "Fiorentina"ga o‘tdi
Фото: Getty Images

"Yuventus" klubi himoyachi Joau Mariuning "Fiorentina"ga o‘tishi bo‘yicha kelishuvga erishilganini rasman e'lon qildi.

Qayd etilishicha, portugaliyalik 26 yoshli futbolchi "binafsharanglilar" safida 2027 yilning yoziga qadar ijara asosida to‘p tepadi. Ijara to‘lovi 1,8 million yevroni tashkil etadi va ushbu mablag‘ bir moliyaviy yil davomida to‘lab beriladi.

Shuningdek, kelishuvda "Fiorentina" uchun futbolchini to‘liq sotib olish huquqi ham ko‘zda tutilgan. Agar Florensiya klubi ushbu imkoniyatdan foydalansa, u holda "Yuventus"ga qo‘shimcha 9,5 million yevro to‘laydi. Bu mablag‘ esa uch moliyaviy yil mobaynida bosqichma-bosqich o‘tkazib beriladi.

Ma'lumot uchun, Mariu 2025 yilning yozida "Portu" klubidan "Yuventus"ga o‘tgan edi. Futbolchi mavsumning ikkinchi qismini ijara asosida "Bolonya"da o‘tkazdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Fiorentina Fiorentina
Bugungi yangiliklar