Live
6
O'zbek

Vlahovich «Beshiktosh» taklifini rad etdi. U «Barselona»ning qarorini kutmoqda

Futbol
2 avgust, 07:57
Serbiyalik hujumchi faoliyatini Kataloniyada davom ettirishni istamoqda.
Vlahovich «Beshiktosh» taklifini rad etdi. U «Barselona»ning qarorini kutmoqda
Foto: Getty Images

«Yuventus»ni erkin agent sifatida tark etgan Dushan Vlahovich «Beshiktosh»ning moliyaviy jihatdan jozibador taklifini rad etdi.

Sport.es xabariga ko‘ra, Istanbul klubi serbiyalik hujumchiga ikki yillik shartnoma, mavsumiga 8 million yevro maosh va 5 million yevro miqdorida imzo bonusi taklif qilgan.

Manbaga ko‘ra, transfer oynasining boshida Vlahovich vakillari futbolchini «Barselona»ga taklif qilgan, biroq uning moliyaviy talablari kataloniyaliklar uchun maqbul bo‘lmagan.

Keyinchalik 25 yoshli hujumchi «Barselona»ning moliyaviy imkoniyatlariga mos keladigan maoshga rozi bo‘ldi. Shunga qaramay, u hozircha klubning yakuniy qarorini kutishga majbur.

Ayni paytda Vlahovich «Barselona»ning ehtimoliy transferlar ro‘yxatida qolmoqda. Biroq klub hozircha bu borada aniq qadam tashlashni rejalashtirmayapti. Kataloniyaliklar uning yuqori saviyadagi hujumchi ekanini tan olsalar-da, so‘nggi paytdagi jarohatlari va o‘yin uslubi borasida ayrim xavotirlarga ega.

Ma’lumot uchun, Dushan Vlahovich yozgi transfer oynasida «Yuventus»ni erkin agent maqomida tark etgan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Yuventus Yuventus
  • Besiktas Besiktas
Bugungi yangiliklar