Live
8
O'zbek

«Barselona» Ferranni sotmoqchi emas, yakuniy qaror futbolchining o‘ziga bog‘liq

Futbol
1 avgust, 09:40
«PSJ» Ferran Torres transferi ustida jiddiy ishlamoqda.
«Barselona» Ferranni sotmoqchi emas, yakuniy qaror futbolchining o‘ziga bog‘liq
Foto: Getty Images

«PSJ» «Barselona» hujumchisi Ferran Torresning vakillari bilan yozgi transfer bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri muzokaralarni davom ettirmoqda. Jarayon yakuniy bosqichga yetgan. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «Barselona» 26 yoshli futbolchini sotishni istamayapti. Transfer faqat Ferran Torresning o‘zi klubni tark etishni so‘ragan taqdirdagina amalga oshishi mumkin.

Qayd etilishicha, «PSJ» hujum chizig‘ini kuchaytirish ustida faol ishlamoqda. Chunki Kang In Li, Gonsalu Ramush va Mbaye jamoani tark etmoqda, Bredli Barkolaga esa «Liverpul» jiddiy qiziqish bildirmoqda. Shu sababli Parij klubi Ferran Torres va Mika Godtsni asosiy transfer maqsadlari sifatida ko‘rmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar