Polshaning «Pogon» klubida to'p tepayotgan, avval «Manchester Siti» safida o'ynagan Benjamen Mendi 2018 yildagi Jahon chempionati sovrinining nusxasini sotgani uchun bo'layotgan tanqidlarga javob berdi.
Avvalroq Fransiya milliy jamoasi tarkibida jahon chempioni boʻlgan himoyachi 2018 yilgi mundial rasmiy sovrinining replikasini auksionda 62 ming dollarga sotgani haqida xabar tarqalgandi.
«Bu kichik kubok menikimi yoki sizniki? Aslida u menga tegishli. Bu — mening kubogim va u bilan xohlagan ishni qilishga haqliman. Qolaversa, u shkafda juda katta joy egallab turardi», — deb yozdi Mendi.
Keyinroq 32 yoshli futbolchi Snapchat'da yana bir xabar joylab, boshqa sovrinlari bilan ham xayrlashishga tayyor ekaniga ishora qildi.
«Aytgancha, menda sotuvga qo'yish mumkin bo'lgan yana ba'zi narsalar ham bor», — deya qo'shimcha qildi Mendi.
«Kubok meniki. U shkafda ko'p joy egallayotgandi» — Mendi JCH kubokchasini sotib yuborishi sababini izohladi
Futbol
1 avgust, 18:11
Fransiyalik himoyachi 2018 yildagi mundialda olgan sovrinini auktsionda sotgach, tanqidlarga uchradi.
Foto: Getty Images