Fransiya milliy jamoasi tarkibida 2018 yildagi mundialda zafar quchgan Benjamin Mendi g'oliblik uchun berilgan jahon kubogining rasmiy kichik nusxasini 62200 dollarga sotdi.
«Manchester Siti»ning sobiq himoyachisi, hozirda Polshaning «Pogon» klubida o'ynayotgan futbolchi jahon kubogi replikasini auksionga qo'ygandi. Sotib olgan xaridor Mendining o'zi imzolagan ishonchlilik sertifikatiga ham ega bo'ldi.
Kichik kubokda Rossiyada o'tkazilgan jahon chempionatida Fransiya milliy jamoasining g'alabasiga bag'ishlangan esdalik yozuv tushirilgan.
Mendi JCH-2018 g'olibligi uchun berilgan jahon kubogi nusxasini auksionda sotdi
Futbol
31 iyul, 12:10
Kichik kubok 62200 dollarga sotildi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi