Live
1
O'zbek

Shesni juda istagan, ammo qo‘lga kirita olmagan yagona sovrin haqida aytdi

Futbol
1 avgust, 08:54
«Barselona» kiperi faoliyati davomidagi eng alamli mavzulardan biri haqida gapirib o‘tdi.
Shesni juda istagan, ammo qo‘lga kirita olmagan yagona sovrin haqida aytdi
Foto: Getty Images

«Barselona» darvozaboni Voysex Shesni faoliyatidagi eng katta afsuslaridan birini yodga oldi.

36 yoshli polshalik darvozabon «Arsenal» bilan Premer-ligada chempionlikni qo‘ldan boy berganini unutolmaydi.

«Men «Arsenal»da o‘ynagan mavsumlardan birida biz uzoq vaqt davomida chempionatda yetakchilik qildik, ammo oxir-oqibat chempionlikni qo‘ldan boy berdik. Ligada eng yaxshi bo‘lganimizni his qilardim, ammo jamoamiz juda yosh va tajribasiz edi, yakunda bu o‘z rolini o‘ynadi.

Bu hali ham menga tinchlik bermaydigan holat, chunki APL chempionligi men juda xohlagan, lekin hech qachon qo‘lga kirita olmagan yagona sovrindir. Shunga qaramay, faoliyatimning eng go‘zal qismini aynan «Arsenal»da o‘tkazgan bo‘lsam kerak», - deya darvozabonning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Athletic.

Ma’lumot uchun, Shesni 2017-yilda londonliklar safini tark etgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar