Live
1
O'zbek

Qatar FA Infantinoni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi

Futbol
1 avgust, 17:48
Nosir Al Xilayfiy UEFA tomonida bo‘lgan bir vaqtda aksincha mamlakat FA FIFA rahbarini qo‘llamoqda.
Qatar FA Infantinoni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi
Foto: Getty Images

Qatar futbol assotsiatsiyasi prezidenti Hamad bin Xalifa bin Ahmad Ol Tani UEFA bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik va Jahon chempionati huquqlarining bir qismini sotish rejasidan voz kechilishi ortidan FIFA prezidenti Janni Infantinoni qo‘llab-quvvatlashini bildirdi.

«FIFA prezidenti Janni Infantinoning FIFA Forward Enterprise loyihasi bo‘yicha taklifdan voz kechish qarorini olqishlaymiz.

Ushbu taklifning o‘ziga xos afzalliklari bo‘lganiga qaramay, FIFA'ga a’zo assotsiatsiyalar birdamligini eng ustuvor masala sifatida tanlagan qarorni yuqori qadrlaymiz.

Qatar futbol assotsiatsiyasi prezident Infantinoning butun dunyoda futbolni yanada rivojlantirish va mustahkamlashga qaratilgan sa’y-harakatlarini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi»,
— deyiladi bayonotda.

Jurnalist Ben Jeykobs ma’lumotiga ko‘ra, Qatar futbol assotsiatsiyasining ushbu bayonoti Nosir Al Xilayfiyning shaxsiy pozitsiyasini aks ettirmaydi. «PSJ» prezidentining shaxsan o‘zi bu masalada UEFA'ning pozitsiyasini to‘liq qo‘llab-quvvatlamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar