Live
2
O'zbek

"Brentford" oʻz tarixidagi rekord transferni amalga oshirdi

Futbol
1 avgust, 17:00
London klubi "Lans"dan Sangareni sotib oldi.
"Brentford" oʻz tarixidagi rekord transferni amalga oshirdi
Foto: Brentford

"Brentford" "Lans" yarimhimoyachisi Mamadu Sangare bilan shartnoma imzoladi.

Malilik 24 yoshli futbolchi bilan tuzilgan bitim 2031 yilning yozigacha amal qiladi. Shuningdek, shartnomani yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham mavjud.

Insayder Fabrizio Romanoning ma'lumotiga koʻra, kelishuv qiymati 41 million funt sterlingni tashkil etdi. Bu "Brentford" tarixidagi eng qimmat transfer hisoblanadi.

Oʻtgan mavsumda Sangare Fransiya Liga 1 doirasida "Lans" safida 29 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgangan, 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan va 5 ta sariq kartochka olgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Brentford Brentford
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar