"Arsenal" "Nyukasl" yarimhimoyachisi Bruno Gimaraes transferi bo'yicha muzokaralarning yakuniy bosqichiga kirdi, deb xabar bermoqda L’Équipe.
"To'pchilar" Braziliya milliy jamoasining 28 yoshli yarimhimoyachisiga 90 million yevro taklif qilib, kelishuvga yaqinlashdi.
Shu bilan birga, klublar hali bonuslar miqdori va agentlik komissiyalari bo'yicha kelishib olishi kerak. Agar yaqin kunlarda barcha tafsilotlar hal etilsa, Bruno "Arsenal" o'yinchisiga aylanadi.
Vaziyat rivojini "Lion" ham kuzatmoqda. Fransiya klubi 2022 yilda Gimaraesni "Nyukasl"ga sotgan va futbolchining keyingi transferidan 20 foiz ulushni saqlab qolgandi. Ehtimoliy kelishuv "Lion"ga 8 million yevrodan ortiq daromad keltiradi.
"Arsenal" Gimaraes transferiga yaqinlashdi
Futbol
31 iyul, 08:43
Transfer qiymati 90 mln yevro va bonuslardan iborat bo'ladi.
Foto: Getty Images
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi