Live
1
O'zbek

Italiya milliy jamoasi va «Milan» afsonasi Barezi 66 yoshida vafot etdi

Futbol
31 iyul, 05:45
Sobiq himoyachi JCHning barcha medallarini yutgan, 6 karra Italiya chempioni bo'lgan, 3 bor YECHLda zafar quchgan.
Italiya milliy jamoasi va «Milan» afsonasi Barezi 66 yoshida vafot etdi
Foto: Getty Images

Italiya milliy jamoasi va «Milan» klubining sobiq himoyachisi Franko Barezi 66 yoshida vafot etdi.

O'tgan yili u o'p kasidagi tugunni olib tashlash bo'yicha jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan edi.

Barezi Italiya safida 1982 yilda jahon chempioni bo'lgan, 1994 yilda esa kumush medal sovrindori bo'lgan. Shuningdek, u 1990 yilgi mundial va 1988 yilgi Yevropa chempionatida bronza medallarini qo'lga kiritgan.

Barezi, shuningdek, Italiya ning 6 karra chempioni hisoblanadi. «Milan» safida u Yevropa chempionlar kubogi/Chempionlar ligasini 3 marta, UEFA superkubogini 3 marta, Italiya superkubogini 4 marta va Qit'alararo kubokni 2 marta yutgan.

Sobiq himoyachi «Milan»ning yoshlar va asosiy jamoalari safida 1972 yildan 1997 yilgacha to'p tepgan. Uning 6-raqami klub tomonidan abadiy muomaladan chiqarilgan. Franko Italiya milliy jamoasi safida esa 81 ta bahsda maydonga tushgan.

Barezi va Badjo
Foto: Getty Images

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar