Live
2
O'zbek

"Chelsi"da markaziy himoyachilar 10 nafarga yetdi. Jamoani kimlar tark etishi ma'lum

Futbol
31 iyul, 07:39
Alonsoga 4-5 nafar markaziy himoyachi yetadi.
"Chelsi"da markaziy himoyachilar 10 nafarga yetdi. Jamoani kimlar tark etishi ma'lum
Foto: Getty Images

"Chelsi" bosh murabbiyi Xabi Alonso 2026/2027 yilgi mavsum uchun jamoa tarkibida 4-5 nafar markaziy himoyachi bo'lishini istamoqda. Fransiyalik Maksans Lakrua "Kristal Pelas"dan transfer qilinganidan so'ng, londonliklar safida markaziy himoyachilar soni 10 nafarga yetdi.

Sky Sports ma'lumotiga ko'ra, himoya chizig'i futbolchilari Benua Badiashil, Trevo Chaloba va Aksel Disasi klubni tark etishga yaqin turibdi.

Avvalroq "Chelsi" Lakruaning transferi uchun "Kristal Pelas"ga 60 million yevro to'lagan va futbolchi bilan 2032 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzolagandi.

Shuningdek, jamoa tarkibida markaziy himoyachilardan Josh Achimpong, Aaron Anselmino, Livay Koluill, Uesli Fofana, Mamadu Sarr va Tosin Adarabioyo ham bor.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chelsi Chelsi
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar