Live
3
O'zbek

Shaxmat. Ahadjon Kimsanboyev — ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchilar o'rtasida jahon chempioni

Boshqa sportlar
31 iyul, 08:56
Sofiyadagi turnirda O‘zbekiston vakiliga teng keladigan topilmadi.
Shaxmat. Ahadjon Kimsanboyev — ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchilar o'rtasida jahon chempioni
Foto: IBSA

Bolgariyaning Sofiya shahrida ko'zi ojiz va zaif ko'ruvchi shaxmatchilar o'rtasida o'tkazilgan IV IBSA Jahon chempionati yakunlandi.

Uz Chess Federation xabar qilishicha, musobaqa davomida yuksak mahorat, matonat va barqaror o'yin namoyish etgan O‘zbekiston jamoasi a'zosi Ahadjon Kimsanboyev hal qiluvchi bahslarda ham ishonchli g'alabalarni qo'lga kiritib, jahon chempioni unvoniga sazovor bo'ldi.

Ma'lumot uchun, Kimsanboyev bungacha 2024 yilgi Jahon chempionatida kumush, o'sha yilgi Osiyo chempionatida esa bronza medallariga sazovor bo'lgan edi.

Bugungi yangiliklar