Live
3
O'zbek

APLda yangi mavsumdan irqiy yoki diniy kamsitish uchun 10 o‘yinlik diskvalifikatsiya qo‘llanadi

Futbol
31 iyul, 08:22
Haqoratlar uchun jazolar kuchaytirilmoqda.
APLda yangi mavsumdan irqiy yoki diniy kamsitish uchun 10 o‘yinlik diskvalifikatsiya qo‘llanadi
Foto: Getty Images

Yangi mavsumdan boshlab Angliyada kamsitish bilan bog‘liq qoidabuzarliklar uchun kamida 10 o‘yinlik diskvalifikatsiya joriy etiladi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Angliya Futbol assotsiatsiyasi (FA) yangi mavsum arafasida futbolchilar, murabbiylar va o‘yinning boshqa ishtirokchilari tomonidan sodir etiladigan har qanday «og‘irlashtiruvchi qoidabuzarlik»lar uchun jazolarni kuchaytirgan. Bunday qoidabuzarliklarga etnik kelib chiqishi, teri rangi, irqi, millati, dini yoki e’tiqodi, jinsi, jinsiy orientatsiyasi yoki nogironligiga doir to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki bilvosita haqoratomuz munosabatlar kiradi.

«Bu kabi jirkanch xatti-harakatlarga qarshi kurashish uchun yanada qat’iy chora-tadbirlar zarur. Shu bois yangilangan intizomiy tavsiyalarga muvofiq, bunday holatlarda tartib-intizom qo‘mitalari kamida 10 o‘yinlik standart diskvalifikatsiya qo‘llashi shart.

Agar jiddiy og‘irlashtiruvchi holatlar mavjud deb topilsa, tartib-intizom qo‘mitalari 10 o‘yinlik diskvalifikatsiyadan ham og‘irroq jazo tayinlashi mumkin»
, — deyiladi FA bayonotida.

Shuningdek, yengillashtiruvchi holatlar mavjud bo‘lgan taqdirda diskvalifikatsiya muddati qisqartirilishi mumkin. Biroq u ham hech qachon 6 o‘yindan kam bo‘lmaydi. Qoidabuzarlik takrorlansa, avvalgiga nisbatan yanada og‘irroq jazo qo‘llanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar