Ibrohim Sangare "Nottinghem Forest"da o'ynashda davom etadi.
"O'rmonchilar" ivuarlik yarimhimoyachi bilan shartnomani 2029 yil yozigacha uzaytirishdi.
APL klubi 28 yoshli futbolchini 2024 yil qishida PSVdan 30 million yevroga sotib olgandi. U faoliyati davomida "Tuluza" jamoasida ham harakat qilgan.
Sangare o'tgan mavsumda Angliya Premyer-ligasida 28 ta o'yin o'tkazib, 2 ta gol urgani va yana 2 ta golga assistentlik qilgan.
"Nottinghem Forest" Sangare bilan shartnomani uzaytirdi
Futbol
29 iyul, 06:55
Ivuarlik yarimhimoyachi "o'rmonchilar" safida o'ynashda davom etadi.
Foto: Getty Images