Bugun
25
O'zbek

Kurash. Abdulaziz Xolmirzayev U-17 Jahon chempionatida O'zbekistonga dastlabki medalni keltirdi

Boshqa sportlar
29 iyul, 05:30
Boku shahrida o'smirlar o'rtasidagi JCh boshlandi.
Kurash. Abdulaziz Xolmirzayev U-17 Jahon chempionatida O'zbekistonga dastlabki medalni keltirdi
Foto: United World Wrestling

Ozarboyjon poytaxti Boku shahrida sport kurashlari bo'yicha U-17 yosh toifasidagi Jahon chempionati boshlandi.

Yunon-rum kurashi bellashuvlarida O'zbekiston jamoasi dastlabki medaliga sazovor bo'ldi. -80 kg vazn toifasida ishtirok etgan Abdulaziz Xolmirzayev murosasiz bellashuvlarda bronza medalini qo'lga kiritdi.

Bugun, 29 iyul kuni 5 nafar o'zbekistonlik kurashchi qiz saralash bahslarini o'tkazsa, 4 nafar «klassik» kurashchi medallar uchun gilamga chiqadi:

🏆 Final:
-51 kg: Bunyod Hasanov – Abdurahmon Huseynli (Ozarboyjon)

🥉 Bronza medali uchun:

-45 kg: Afruzbek Ibragimov – Vazgen Vardanyan (Armaniston) / Arslan Iliyev (Rossiya)
-60 kg: Sadriddin To'lqinboyev / Muhammad Ahmad (Misr) – Aleksandru Lungu (Ruminiya)
-92 kg: Mirjalol Shavkatov – Zoxrab Safarov (Ozarbayjon) / Amirrizo Mehri (Eron)

Bugungi yangiliklar