"Milan" Sankun Diavara transferini e'lon qildi.
20 yoshli himoyachi Italiya klubiga "Trua" jamoasidan oʻtdi va 2031 yilgacha moʻljallangan shartnomaga imzo chekdi. Kelishuvda bitimni uzaytirish imkoniyati ham koʻzda tutilgan.
Avvalroq transfer narxi 2 million yevroni tashkil etishi xabar qilingandi.
Oʻtgan mavsumda fransuz futbolchisi Liga 2 doirasida 14 ta oʻyin oʻtkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.
"Milan" Diavarani oʻz safiga qoʻshib oldi
Futbol
29 iyul, 08:09
Fransiyalik yosh himoyachi "Trua"dan sotib olindi.
Foto: AC Milan