Alessio Zerbin faoliyatini «Frozinone»da davom ettiradi.
«Napoli» 27 yoshli yarimhimoyachini 2 million yevroga transfer qildi.
Italiyalik futbolchi o'tgan mavsumda «Kremonese»da ijarada harakat qilib, 32 o'yinda 3 ta golga assistentlik qilgandi.
Ma'lumot uchun, Zerbinga «Frozinone» begona emas — u 2021/22 yilgi mavsumda ham shu jamoada o'ynagan. Klub o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra B Seriyadan A Seriyaga qaytgan.
«Napoli» Zerbinni «Frozinone»ga transfer qildi
Futbol
26 iyul, 16:45
27 yoshli yarimhimoyachi faoliyatini A Seriyaning boshqa bir jamoasida davom ettiradi.
Foto: Getty Images