Bugun
11
O'zbek

«Venetsiya» "Sevilya"ning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi to'purariini sotib oldi

Futbol
24 iyul, 00:17
26 yoshli hujumchi faoliyatini A Seriyada davom ettiradi.
«Venetsiya» "Sevilya"ning o'tgan mavsumdagi eng yaxshi to'purariini sotib oldi
Foto: Venezia

«Venesiya» Akor Adams bilan shartnoma imzoladi.

Italiya klubi nigeriyalik 26 yoshli hujumchini "Sevilya"dan sotib olganini rasmiy e'lon qildi. Tomonlar 2030 yilgacha amal qiladigan shartnoma imzolashdi.

AS nashri ma'lumotiga ko'ra, transfer qiymati 16 million yevroga teng bo'lgan. Turli bonuslar hisobidan bu mablag' 23 million yevrogacha oshishi mumkin.

O'tgan mavsumda Ispaniya La Ligasida Adams 32 ta bahsda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi hamda "Sevilya"ning eng yaxshi to'purariga aylandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Venezia Venezia
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar