Bugun
18
O'zbek

Zeki Chelik — "Yuventus" futbolchisi

Futbol
16 iyul, 22:30
29 yoshli himoyachi "Roma"ning yangi shartnoma borasidagi taklifiga qaramay, turinliklar safiga o'tishni xohladi.
Zeki Chelik — "Yuventus" futbolchisi
Foto: Juventus FC

"Yuventus" Turkiya milliy jamoasi himoyachisi Zeki Chelik bilan shartnoma imzoladi.

Insayder Fabrizio Romanoning xabar berishicha, 29 yoshli futbolchi avvalroq "Roma" bilan yangi shartnoma tuzish bo'yicha og'zaki kelishuvga erishgan bo'lsa-da, yakunda Turin klubining taklifini qabul qildi.

Chelikning "Yuventus" bilan kelishuvi uch yilga mo'ljallangan.

Himoyachi 1 iyuldan boshlab "Roma" bilan shartnomasi yakunlangani sababli erkin agent maqomida edi.

Chelik o'tgan mavsumda A Seriyada 34 o'yin o'tkazib, 1 ta gol va 2 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ygan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Yuventus Yuventus
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar