Fransiyalik himoyachi Maksim Estev "Byornli"dan "Leyptsig" klubiga ko'chib o'tdi.
Futbolchi yangi jamoasi bilan 2031 yilning yoziga qadar amal qiladigan shartnoma imzoladi. 24 yoshli Estev "buqalar" safida 3-raqamli libosda harakat qiladi.
Ma'lumot uchun, Maksim o'tgan mavsum barcha turnirlarda 36 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Transfermarkt ma'lumotiga ko'ra, uning bozor qiymati 28 million yevroni tashkil qiladi.
Eslatib o'tamiz, "Leyptsig" klubi Bundesligada mavsumni 3-o'rinda yakunladi.