Amsterdamning «Ayaks» klubi hujumchi Markos Leonardo transferini rasmiy eʼlon qildi.
Braziliyalik 23 yoshli futbolchi Saudiya Arabistonining «Al Hilol» klubidan Niderlandiya grandiga koʻchib oʻtdi. Tomonlar oʻrtasidagi kelishuv 2031 yilning yoziga qadar moʻljallangan. Transfer qiymati 20 million yevroni tashkil etadi.
Markos Leonardo professional faoliyatini Braziliyaning «Santos» klubida boshlagan. U 2024 yil boshida Portugaliyaning «Benfika» jamoasiga oʻtgan boʻlsa, oʻsha yilning oʻzida «Al Hilol» safiga qoʻshilgan.
Braziliyalik hujumchi Saudiya klubi safida 82 ta rasmiy uchrashuvda maydonga tushib, 48 ta gol urishga muvaffaq boʻldi.