Bugun
18
O'zbek

Kamoliddin Tojiyev: "Hech kim oʻz darajasida oʻynamadi"

Eksklyuziv
17 iyul, 15:54
"Paxtakor" bosh murabbiyi "Lokomotiv"ga qarshi bahsdan soʻng oʻz fikrlarini bildirdi.
Kamoliddin Tojiyev: "Hech kim oʻz darajasida oʻynamadi"
Фото: Tribuna.uz
17.07.2026 FT O‘zbekiston Superligasi Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent 1 : 1 Lokomotiv Tashkent Lokomotiv Tashkent

Toshkent derbisi doirasida boʻlib oʻtgan "Paxtakor" va "Lokomotiv" oʻrtasidagi oʻyinda gʻolib aniqlanmadi – 1:1. Natijada ayniqsa, chempionlik uchun kurashayotgan "Paxtakor" ikki ochkodan ayrildi.

Oʻyin yakuniga yetganidan soʻng "Paxtakor" ustozasi Kamoliddin Tojiyev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

"Oʻyinga keladigan boʻlsak, bitta gol urdik va shu bilan "Paxtakor" jamoasi oʻynamadi. Nimaga bunday boʻldi, bilmadim. Shundoqqina qiynalmasdan yutib ketamiz, deb oʻylashdi. Lekin hech kim osonlikcha bermaydi. Hozir yigitlarga ham aytdim. Birinchi golni, 10 daqiqani hisobga olmaganda butun oʻyinni yomon oʻtkazdik. Hech kim oʻz darajasida oʻynamadi.

- "Paxtakor" qandaydir gʻalati oʻynadi. Bunga ikki oylik tanaffusni ham sabab qilib koʻrsatsa boʻladimi? Tonusda boʻlmagani koʻrindi-da.

- Tonus boʻlmasa hamma kurashishi, oʻynashi, yugurishi kerak. Hamma tonusda emas. Menimcha, boshqa narsa. Koʻrib, tahlil qilib, gaplashamiz.

- Statistikaga qarasak, "Paxtakor"da ikkita aniq zarba, "Lokomotiv"da 5 ta boʻlibdi. Raqibni koʻp hujumlari oʻtib ketib qoldi. Himoyada ham muammolar borga oʻxshadi.

- Bugun muammo koʻp edi. Hamma pozitsiyada muammo bor edi. Jarima maydoniga boramiz, "16 lik"dan hech kim darvozaga tepmayapti. Chapga, oʻngga, darvozani ichiga olib kirib qoʻyishmoqchimi, bilmayman. Darvozaga tepmasa hech kim gol ura olmaydi.

- Chineduni oʻyiniga qanday baho berasiz?

- Chinedu mashgʻulotlarda yaxshi, bugun ham harakat qildi. Hali oʻyinga kirishib ketishi kerak. Yaqinda keldi. Xudo xohlasa, gollar uradi", - deya Kamoliddin Tojiyevning soʻzlaridan keltiradi Tribuna.uz jurnalisti.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paxtakor Toshkent Paxtakor Toshkent
  • Lokomotiv Tashkent Lokomotiv Tashkent
  • O‘zbekiston Superligasi O‘zbekiston Superligasi
Bugungi yangiliklar