Bugun
18
O'zbek

"Koventri" Loftus-Chik uchun asosiy da'vogar

Futbol
17 iyul, 16:11
Murabbiy uning imkoniyatlarini yuqori baholaydi.
"Koventri" Loftus-Chik uchun asosiy da'vogar
Фото: Getty Images

"Milan" yarimhimoyachisi Ruben Loftus-Chikning "rossoneri"dagi kelajagi noaniqligicha qolmoqda.

PianetaMilan nashri xabar berishicha, angliyalik 29 yoshli futbolchiga "Koventri City" jiddiy qiziqmoqda. Klub bosh murabbiyi Frenk Lempard yangi mavsum oldidan tarkibni Ruben orqali kuchaytirmoqchi. Murabbiy uning imkoniyatlarini yuqori baholaydi.

Ma'lumot uchun, Loftus-Chik uch yildan beri "Milan"da to'p tepib keladi. Shartnomasi 2027 yilning yozida nihoyasiga yetadi. Shunga qaramay, u transfer oynasi yakuniga qadar jamoasini o'zgartirishi mumkin.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar