Bugun
13
O'zbek

Modrich «Milan»da yana bir mavsum qolishi mumkin

Futbol
14 iyul, 16:06
Modrichning o‘zi ham hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor.
Modrich «Milan»da yana bir mavsum qolishi mumkin
Фото: Getty Images

Xorvatiyalik yarimhimoyachi Luka Modrich faoliyatini «Milan»da yana bir yil davom ettirishi mumkin. Bu haqida jurnalist Janluka Di Marzio xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «rossoneri» rahbariyati 40 yoshli futbolchi bilan yangi shartnoma ustida ish olib bormoqda. Modrichning o‘zi ham hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor. Tajribali xavbek jamoa uchun omadsiz kechgan o‘tgan mavsumdan keyin faoliyatini yuqori notada yakunlashni istamoqda.

Qayd etilishicha, yakuniy qaror futbolchining ta'tilidan qaytishi ortidan qabul qilinadi. Agar tomonlar kelishuvga erishsa, Modrich iyul oyi oxirida start oladigan «Milan»ning Avstraliya bo‘ylab yozgi yig‘inida jamoaga qo‘shiladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar