Live
5
O'zbek

«Real» mavsumga tayyorgarlik davomida «Shalke»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi

Futbol
14 iyul, 12:26
Madrid klubi bu yil yozda Germaniyada o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
«Real» mavsumga tayyorgarlik davomida «Shalke»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
Foto: Getty Images

Bild nashrining xabariga ko‘ra, Madrid klubi «Shalke»ga qarshi nazorat uchrashuvida maydonga tushishi mumkin. Bahs 16-avgust kuni o‘tkazilishi taxmin qilinmoqda. «Qaymoqranglilar» ustozi Joze Mourinio ushbu bahsni istamoqda. Aytilishicha bellashuv Gelzenkirxendagi «Feltins-Arena»da bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 2025/26-yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra, «Real» Ispaniya chempionatida «Barselona»dan ortda qoldi va ikkinchi o‘rinni egalladi. Kataloniya jamoasi 94 ochko, «qaymoqranglilar» esa 86 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lishdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar