«Inter» «Liverpul» yarimhimoyachisi Kertis Jonsni sotib olish borasidagi navbatdagi urinishi muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
Bu haqda jurnalist Ben Jeykobs xabar berdi.
Manbaga ko'ra, Milan klubi vositachilar orqali 25 yoshli futbolchi uchun 32 million yevro taklif qilgan, biroq «Liverpul» bu taklifni rad etgan.
Qayd etilishicha, mersisaydliklar Jonsni 40 million yevroga baholamoqda va ushbu summadan kamiga uni sotishni rejalashtirmayapti. Agar xaridor klub bu talabni bajarmasa, yarimhimoyachi jamoada qoladi.
2025/26 yilgi mavsumda Kertis Jons barcha musobaqalarda 49 ta uchrashuv o'tkazib, 3 ta gol va 3 ta assist qayd etdi.
Futbolchining «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2028 yilgacha amal qiladi.