Live
3
O'zbek

Mourinio «Real»dagi taktik sxemani aniqlab oldi

Futbol
14 iyul, 11:23
Madrid klubining yangi bosh murabbiyi qaysi sxema bo‘yicha o‘ynash haqida qaror qabul qildi.
Mourinio «Real»dagi taktik sxemani aniqlab oldi
Foto: Getty Images

«Real»ning yangi bosh murabbiyi Joze Mourinio Madrid klubi uning qo‘l ostida qaysi taktik sxema bo‘yicha o‘ynashi haqida bir to‘xtamga keldi.

Jurnalist Mario Kortegananing xabar berishicha, portugaliyalik mutaxassis jamoa ikki tayanch yarimhimoyachi bilan «4-2-3-1» sxemasi bo‘yicha o‘ynashi kerak deb hisoblamoqda. Bir tayanch yarimhimoyachi o‘z pozitsiyasida qat’iy turib, mudofaa vazifalarini bajarishi kerak. Bu o‘rinni Oreliyen Chuameni egallashi mumkin. Ikkinchi tayanch yarimhimoyachiga maydonda nisbatan erkinlik beriladi. Bu yoki Federiko Valverde, yoki agar «Real» transferini rasmiylashtirsa, yangi yarimhimoyachi bo‘lishi mumkin.

Eslatib o‘tamiz, 2025/26-yilgi mavsum yakunlari bo‘yicha «Real» La Ligada 2-o‘rinni egallab, chempionlikni «Barselona»ga boy bergandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar