Live
3
O'zbek

«Al Hilol» Keyn transferi bo'yicha muzokaralarni boshladi

Futbol
14 iyul, 11:15
Saudiya klubi hozircha faqat futbolchi vakillari bilan aloqaga chiqqan.
«Al Hilol» Keyn transferi bo'yicha muzokaralarni boshladi
Foto: Getty Images

Myunxenning «Bavariya» klubi hujumchisi Harri Keyn faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Sasha Tavolyeri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, «Al Hilol» 31 yoshli hujumchining vakillari bilan muzokaralarni boshlab yuborgan. Angliyalik futbolchi hozircha yakuniy qaror qabul qilmagan va avvalo saudiyaliklar taklifining sport hamda moliyaviy shartlari bilan tanishmoqchi.

Qayd etilishicha, Keynning «Bavariya» bilan tuzgan shartnomasida uchinchi mavsumdan boshlab 65 million yevrolik tovon puli bandi mavjud. «Al Hilol» aynan shu bandni faollashtirishga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Hozircha Saudiya klubi «Bavariya» bilan rasmiy aloqaga chiqmagan. Muzokaralar faqat futbolchi tomoni bilan olib borilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al-Hilal Al-Hilal
Bugungi yangiliklar