Angliya milliy jamoasining sobiq a’zosi Gabriel Agbonlaxor Fransiya milliy jamoasini jahon chempionatida qolgan ishtirokchilar orasida eng kuchli jamoa deb hisoblaydi.
«Menimcha, Fransiya turnirning eng yaxshi jamoasi edi. Ularda zaif nuqtalar yo‘q: jamoa himoyada ishonchli, past blogga yoki yuqori pressingga qarshi hamisha yechim topa oladi.
Ularda hujum va yarimhimoyada shu qadar ko‘p variantlar bor. Menimcha, bu jamoa jahon chempionatlaridagi eng buyuk jamoalardan biri sifatida tarixga kirishi mumkin. Ularni to‘xtatish juda qiyin bo‘ladi», - dedi sobiq futbolchi talkSPORT nashriga intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, jahon chempionati ilk yarimfinalida Fransiya - Ispaniya to‘qnashuviga guvoh bo‘lamiz. O‘yin Toshkent vaqti bilan soat 23:59 start oladi.