2018 yilgi jahon chempioni Rafael Varan Fransiya milliy jamoasining JCH-2026dagi ishtiroki haqida o'z fikrlarini bildirdi.
«Jahon chempionati yakuniga yetib bormoqda va yana shunday hissiyotlarni boshdan kechirayotganimizdan juda xursandman. Futbolni aynan shu jihati uchun sevamiz — u odamlarni birlashtiradi, ehtiros uyg'otadi va unutilmas lahzalarni birgalikda yashash imkonini beradi.
Fransiya terma jamoasining yarimfinalga chiqishi futbolimizning yuqori darajasini yana bir bor tasdiqladi. Turnir davomida jamoa katta iste'dod, sovuqqonlik va kuchli xarakter namoyish etdi. Hal qiluvchi pallalarda o'zini qo'lga ola bilish va qiyinchiliklarni yengib o'tish buyuk jamoalarning asosiy belgisi.
Shuningdek, jamoaning tobora jipslashib borayotganini va yetakchilar mas'uliyatni o'z zimmasiga olayotganini ham ko'ryapmiz. Bunga Kilian Mbappening sardor sifatidagi rolni to'liq o'z zimmasiga olgani yaqqol misol.
Keling, bizga shunday kuchli hissiyotlarni hadya etayotgan bu lahzalarni qadrlaylik. Bularning qadri beqiyos. Ushbu yorqin onlar uchun rahmat. Bugun kechqurun... va umid qilamanki, yakshanba kuni yana ko'rishguncha!» — deb yozdi Varan ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o'tamiz, Fransiya va Ispaniya o'rtasidagi JCH-2026 yarimfinal uchrashuvi 14 iyul kuni bo'lib o'tadi. Bahs 00:00da start oladi.