«Barselona» himoyachisi Xerard Martin Lionel Messining JCH-2026dagi ishtiroki haqida fikr bildirdi.
«Messi meni hayratda qoldirdi. Mavsum davomida uning o'yinlarini ko'p kuzatmagan edim, ammo u Jahon chempionatiga ajoyib sport formasida keldi.
Biz hammamiz Messi kim ekanini yaxshi bilamiz, ammo u bizni hayratda qoldirishdan to'xtamayapti. Noqulay vaqtda bo'lgan uchrashuvlarni tomosha qila olmadim, biroq qolgan o'yinlarni o'tkazib yubormaslikka harakat qildim. Pley-off bosqichi boshlanganidan keyin esa turnirni yanada diqqat bilan kuzatyapman», — dedi Martin Mundo Deportivo nashriga.
Eslatib o'tamiz, Argentina milliy jamoasi JCH-2026 yarimfinalida Angliyaga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv 15 iyul kuni AQSHning Atlanta shahridagi «Mercedes-Benz Stadium»da bo'lib o'tadi.