Angliyalik mashhur sobiq himoyachi Jon Terry 2026 yilgi jahon chempionati yarimfinal bosqichi doirasidagi Angliya va Argentina milliy jamoalari o'rtasidagi bahs oldidan o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Argentina menda hech qanday xavotir uyg'otmaydi. Ikkala jamoaga qarab, raqib bizdan ustun deb ayta olmayman. Menimcha, biz Argentinaдан kuchlimiz», — dedi «Chelsi» afsonasi AlbicelesteTalk nashriga bergan intervyusida.
Ma'lumot o'rnida, Angliya va Argentina milliy jamoalari o'rtasidagi uchrashuv 15 iyuldan 16 iyulga o'tar kechasi bo'lib o'tadi. Bahs Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da start oladi.
Avvalroq Argentinada Angliyaga qarshi o'yin oldidan taktik o'zgarishlar rejalashtirilayotgani ma'lum qilingandi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi