Norvegiya milliy jamoasi hujumchisi Erling Holand JCH-2026dagi ishtiroki haqida hissiyotlari bilan o'rtoqlashdi.
«Bu hayotimdagi eng zo'r haftalar va eng hayajonli sayohat bo'ldi. Bularning barchasi xuddi tushdek tuyuldi, hozir ham buni anglash qiyin. O'zimni biroz bo'shashgandek his qilyapman. O'tgan 40 kunni o'ylab ko'rsam, barchasi aqldan ozdiradigan darajada ajoyib edi.
Bu unutilmas tajriba bo'ldi. Albatta, maydondagi o'yinlar va Braziliya ustidan qozonilgan g'alaba muhim. Ammo meni eng ko'p quvontirgani — Norvegiyani butun dunyoga tanita olganimiz. Menimcha, bu mamlakatimizni ham, meni ham o'zgartirdi.
So'nggi olti hafta xuddi attraksiondagi tezkor poygaga o'xshadi. Juda ko'p voqealar, taassurotlar va hissiyotlarni boshdan kechirdik.
Bizning avlodimiz ajoyib. Umid qilamanki, bizning yo'limiz Norvegiyadagi yoshlarni ilhomlantiradi va ularga terma jamoa libosida futbolning eng katta sahnasida o'ynash mumkinligini ko'rsatadi», — dedi Holand Goal nashriga.
Eslatib o'tamiz, Norvegiya milliy jamoasi JCH-2026 chorakfinalida Angliyaga qo'shimcha bo'limlarda 1:2 hisobida mag'lub bo'lib, musobaqani tark etgan edi.