Live
1
O'zbek

«Dinamo» Abdurahmonov, Hojimirzayev, Amonovni o‘z safida qoldirdi

Futbol
14 iyul, 06:30
Superliga ikkinchi qismi oldidan «Dinamo» jamoasi tarkibidagi bir qator yetakchilarni o‘z safida olib qolishga erishdi.
«Dinamo» Abdurahmonov, Hojimirzayev, Amonovni o‘z safida qoldirdi
Foto: Dinamo PFK

«Dinamo» klubi hamda O‘zbekiston U23 jamoasi hujumchisi Firdavs Abdurahmonovni «Paxtakor» va «Navbahor» o‘z safiga qo‘shib olish uchun taklif bilan chiqqan bo‘lsa-da, O‘zbekiston milliy jamoasiga nomzod bo‘lgan 21 yoshli samarqandlik hujumchi «Dinamo»da qolishga qaror qilgan.

Jamoa to‘purari Anvarjon Hojimirzayev va JCH-2026dan yana «Dinamo» safiga qaytgan Azizbek Amonovni ham vodiyning ikki klubi o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqish bildirgan bo‘lsa-da, futbolchilar Vadim Abramov qo‘l ostida qolishni istagan.

Avvalroq, «Dinamo» hamda O‘zbekiston milliy jamoasi himoyachisi Jahongir O‘rozov Germaniyaning «Borussiya M» klubiga o‘tishga yaqinligi haqida xabar qilingandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
Bugungi yangiliklar