Live
4
O'zbek

Amadu Dumbuya — "Dinamo" futbolchisi

Futbol
8 iyul, 07:47
Gvineyalik futbolchi mavsum yakuniga qadar samarqandliklar safida toʻp tepadi.
Amadu Dumbuya — "Dinamo" futbolchisi
Фото: Динамо ПФК

"Dinamo" PFK mavsumning ikkinchi qismi oldidan tarkibini kuchaytirish ishlarini davom ettirmoqda.

Klub yozgi transfer oynasida gvineyalik yarim himoyachi Amadu Dumbuyani oʻz safiga qoʻshib olganini ma'lum qilamiz. "Dinamo" PFK va Dumboya oʻrtasida 2026 yilgi mavsum yakunigacha shartnoma imzolandi. Amadu jamoamiz safiga erkin agent sifatida qoʻshildi. 23 yoshli yarim himoyachi "Dinamo" safiga jamoa Issiqkoʻldan Samarqandga qaytgach, qoʻshiladi.

23 yoshli vinger faoliyatini Shvetsiyaning "Yurqorden" klubida boshlagan boʻlsa, 2023-2024 yillarda Bolgariyaning "Botev Plovdiv" klubida toʻp surgan. Soʻnggi ikki yil davomida esa Qozogʻistonning etakchi klublaridan biri "Aqtobe" sharafini himoya qilgan.

"Ishonamizki, Amadu Dumbuya oʻz oʻyinlari bilan barchaning ishonchini oqlaydi" — deyiladi klub xabarida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
Bugungi yangiliklar