Live
4
O'zbek

Vadim Abramov: "Transfer oynasida tarkibni kuchaytirishni rejalashtirganmiz"

Futbol
8 iyul, 05:00
Samarqand klubi 11 iyul kunidan oʻz qarorgohida yigʻin oʻtkazamiz.
Vadim Abramov: "Transfer oynasida tarkibni kuchaytirishni rejalashtirganmiz"
Фото: Динамо ПФК

"Dinamo" jamoasi Superliga ikkinchi qismiga qoʻshni Qirgʻizistonda hozirlik koʻrmoqda. Klub matbuot xizmati jamoa bosh murabbiyi Vadim Karlenovich bilan bogʻlanib, tayyorgarlik jarayoni haqida qisqacha suhbatlashdi.

"Mavsumning ikkinchi qismiga tayyorgarlik reja asosida davom etmoqda. Issiqkoʻlda kuniga ikki mahaldan mashgʻulotlar olib boryapmiz. Superliga bahslariga optimal sport formasida kirib borishga harakat qilamiz. Afsuski, bu yerda Qirgʻiziston chempionati oʻyinlari davom etayotgani bois oʻrtoqlik oʻyini uchun raqib topishning hali imkoni boʻlmadi. Shunga qaramay, jismoniy holat va maydonda mashgʻulotlar oʻtkazib tayyorgarlik koʻrishda davom etyapmiz. 11 iyul kuni qaytib, Samarqandda soʻnggi mashgʻulotlarni oʻtkazamiz.

Tarkibimizda koʻrikda boʻlgan oʻyinchilar bor, tez orada ular boʻyicha aniq qarorga kelamiz. Shuningdek, yangi oʻyinchilar bilan muzokara davom etmoqda, transfer oynasida tarkibni kuchaytirishni ham rejalashtirganmiz", - dedi bosh murabbiy klub matbuot xizmati bilan suhbatda.


Ma'lumot uchun, "Dinamo" jamoasi Superliga 12-turi doirasida 18 iyul kuni Navoiyda "Qizilqum" klubi mehmoni boʻladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
Bugungi yangiliklar