Live
4
O'zbek

Arbeloa "Real"ning ikki futbolchisini "Fulhem"ga olib kelmoqchi

Futbol
8 iyul, 11:31
Alvaro London klubini bir qator o'yinchilar bilan kuchaytirmoqchi.
Arbeloa "Real"ning ikki futbolchisini "Fulhem"ga olib kelmoqchi
Фото: Getty Images

"Fulhem"ning yangi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa yozgi transferlar oynasida "Real" klubidan bir nechta futbolchini jamoasiga taklif qilmoqchi. Bu haqda BBC Sport xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, Arbeloa birinchi navbatda argentinalik iqtidorli vinger Franko Mastantuononi ijaraga asosida London klubiga olib kelishni istamoqda.

Shuningdek, ispan mutaxassis klub rahbariyatidan "Real" forvardi Gonsalo Garsia transferini amalga oshirishni ham so'ragan.

Eslatib o'tamiz, Alvaro avvalroq "qaymoqranglilar" tizimida faoliyat yuritgan va madridlik klubdagi yosh futbolchilar imkoniyatlarini yaxshi biladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Fulhem Fulhem
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar