Live
5
O'zbek

«Real» Vinisiusga so'nggi ultimatumni qo'ydi

Futbol
8 iyul, 12:09
Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.
«Real» Vinisiusga so'nggi ultimatumni qo'ydi
Фото: Getty Images

Madridning «Real» klubi hujumchisi Vinisius Juniorning kelajagi hali ham noaniqligicha qolmoqda.

ElNacional.cat ma'lumotiga ko'ra, «qaymoqranglilar» braziliyalik yulduzga yangi shartnoma bo'yicha qaror qabul qilish uchun so'nggi muddatni belgilagan.

Vinisius avgust oyiga qadar yangi shartnoma bo'yicha yakuniy qarorga kelishi va buni klubga ma'lum qilishi lozim.

Agar tomonlar yangi shartnoma bo'yicha kelishuvga erisha olmasa, «Real» futbolchini transferga qo'yish variantini ham ko'rib chiqadi.

Uning madridliklar bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil 30 iyungacha mo'ljallangan.

O'tgan mavsumda vinger barcha turnirlarda 53 ta uchrashuvda ishtirok etib, 22 ta gol va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar