Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Jordan Henderson jarrohlik amaliyotini muvaffaqiyatli o'tkazdi.
Futbolchi bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifasi orqali ma'lum qildi.
«Operatsiya muvaffaqiyatli yakunlandi! Endi shanba kungi eng muhim voqeaga tayyorgarlikni boshlaymiz. Menga g'amxo'rlik qilgan klinika xodimlariga katta rahmat. Ayniqsa, operatsiyani o'tkazgan uch nafar jarrohga minnatdorchilik bildiraman», — dedi Henderson.
Eslatib o'tamiz, tajribali yarimhimoyachi maydonda emas, balki g'alabani nishonlash vaqtida jarohat olgandi. U reklama to'sig'idan oshib o'tayotganida yiqilib, bilagidan jarohat olgan.
Angliya milliy jamoasi Jahon chempionati chorakfinalida Norvegiyaga qarshi bahs olib boradi.