Bugun
14
O'zbek

Deklan Rays: «Arteta Jahon chempionatida qolgan barcha «Arsenal» futbolchilariga qo'ng'iroq qildi»

Futbol
7 iyul, 04:00
Angliya vakili bosh murabbiy turnirda ishtirok etayotgan barcha londonlik futbolchilarni qo'llab-quvvatlaganini aytdi.
Deklan Rays: «Arteta Jahon chempionatida qolgan barcha «Arsenal» futbolchilariga qo'ng'iroq qildi»
Foto: Getty Images
11.07.2026, 17:00 Jahon chempionati (JCH-2026) Norvegiya Norvegiya - : - Angliya Angliya

Angliya milliy jamoasi yarimhimoyachisi Deklan Rays «Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta Jahon chempionatida ishtirok etayotgan klub futbolchilariga shaxsan qo'ng'iroq qilganini ma'lum qildi.

«Angliya chorakfinalga chiqqanidan keyingi tongda Mikel Arteta menga qo'ng'iroq qilib, tabrikladi. U Jahon chempionatida «Arsenal» futbolchilaridan biri g'olib bo'lishini istashini aytdi. Faqat menga emas, balki turnirda kurashni davom ettirayotgan barcha «Arsenal» futbolchilariga omad tilash uchun qo'ng'iroq qildi.

Men esa hazillashib: «Murabbiy, aslida siz bizdan ko'ra Mikel Merino va David Rayaga ko'proq muxlislik qilayotgan bo'lsangiz kerak. Axir siz ispansiz-ku», — dedim. U shunchaki kulib qo'ydi», — deya Raysning so'zlarini Sky Sports keltirdi.

Eslatib o'tamiz, Angliya milliy jamoasi Jahon chempionati chorakfinalida 12 iyul kuni Norvegiyaga qarshi bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Norvegiya Norvegiya
  • Angliya Angliya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi. Saytda faqat muhokama faolligi ko‘rsatiladi.

Bugungi yangiliklar