Bugun
14
O'zbek

Pochettino: «Hozir dam olaman, keyin federatsiya bilan kelajagimni muhokama qilamiz»

Futbol
7 iyul, 05:01
AQSH milliy jamoasi bosh murabbiyi shartnomasi borasida hozircha qaror qabul qilinmaganini aytdi.
Pochettino: «Hozir dam olaman, keyin federatsiya bilan kelajagimni muhokama qilamiz»
Foto: Getty Images
06.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) AQSH AQSH 1 : 4 Belgiya Belgiya

AQSH milliy jamoasi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino o'z kelajagi haqida fikr bildirdi.

Bu haqda jurnalist Fabritsio Romano xabar berdi.

«Hozir biroz dam olib, hordiq chiqaraman. Keyin federatsiya va biz qanday qarorga kelishimizni ko'ramiz.

Faqat shuni ayta olamanki, bu yerda o'zimni baxtli his qilyapman. Ammo hozir shartnoma haqida gapirish vaqti emas», — deya Pochettinoning so'zlarini Fabritsio Romano keltirdi.

Eslatib o'tamiz, argentinalik mutaxassis AQSH milliy jamoasini 2024 yildan buyon boshqarib kelmoqda. Uning jamoa bilan kelajagi bo'yicha yakuniy qaror yaqin vaqt ichida ma'lum bo'lishi kutilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • AQSH AQSH
  • Belgiya Belgiya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

1 izoh +1 ta yangi
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi. Saytda faqat muhokama faolligi ko‘rsatiladi.

Bugungi yangiliklar