AQSh milliy jamoasi hujumchisi Folaring Balogun 2026 yildagi jahon chempionatida uning diskvalifikatsiyasi bekor qilingani haqidagi bahsli vaziyatga o'z munosabatini bildirdi.
"Albatta, diskvalifikatsiya bekor qilinganidan keyin katta shov-shuv ko'tarildi. Lekin men futbolchiman. Mening vazifam esa maydonga tushish va o'z ishimg e'tibor qaratishdan iborat.
Menga qizil kartochka ko'rsatilganida ham qarorni qabul qildim. Diskvalifikatsiya bekor qilinib, o'ynashga ruxsat berilganda ham bu qarorni qabul qildim.
Shunga qaramay, bu jarayonda mening hech qanday ishtirokim bo'lmagan. Buning menga hech qanday aloqasi yo'q", — dedi Balogun.