Bugun
14
O'zbek

Jezush Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanish arafasida

Futbol
6 iyul, 22:25
Avvalroq mutaxassis Ronaldu to'p tepadigan «An Nasr» klubi bosh murabbiyligidan ketgandi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Jezush Portugaliya milliy jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlanish arafasida
Foto: Getty Images
06.07.2026 FT Jahon chempionati (JCH-2026) Portugaliya Portugaliya 0 : 1 Ispaniya Ispaniya

«An Nasr» sobiq bosh murabbiyi Jorge Jezush Portugaliya milliy jamoasini boshqarishi kutilmoqda. Bu haqda A Bola nashri xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 71 yoshli mutaxassis 2026 yildagi jahon chempionati 1/8 final bosqichida Ispaniyaga 0:1 hisobida mag'lub bo'lib, musobaqani tark etgan Roberto Martinez o'rnini egallaydi.

Qayd etilishicha, Jezush milliy jamoa turnirdan qaytgach, Portugaliya futbol federatsiyasi prezidenti Pedru Proensa bilan uchrashuv o'tkazadi.

Avvalroq mutaxassis Krishtianu Ronaldu to'p tepadigan «An Nasr» klubi bosh murabbiyligidan ketgandi. Uning qo'l ostida jamoa o'tgan mavsum Saudiya Arabistoni chempionligini qo'lga kiritgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Portugaliya Portugaliya
  • Ispaniya Ispaniya
  • Jahon chempionati (JCH-2026) Jahon chempionati (JCH-2026)
Bugungi yangiliklar