Live
1
O'zbek

«Ronalduning chempion bo'lishiga yordam berishga kelgandim» — Jezush «An Nasr»ni tark etishini ma'lum qildi

Futbol
22 may, 02:55
Portugaliyalik mutaxassis vazifa bajarilganini, Riyod klubi boshqaruvidagi so'nggi o'yinini o'tkazganini aytdi.
«Ronalduning chempion bo'lishiga yordam berishga kelgandim» — Jezush «An Nasr»ni tark etishini ma'lum qildi
Foto: Getty Images

“An Nasr” bosh murabbiyi Jorje Jezush Saudiya Proligasi 2025/2026 yilgi mavsumidagi chempionlikdan soʻng jamoani tark etishini maʼlum qildi.

«Men bu chaqiruvni faqat Krishtianuga: «Senga chempion bo'lishga yordam beraman, biz sovrin yutamiz va keyin ketaman», deb aytganim uchun qabul qilganman.

Tamom. Men uchun vazifa bajarildi. Bu «An Nasr» bosh murabbiyi sifatidagi so'nggi o'yinim bo'ldi»
, — deya Jezusning so'zlarini keltiradi Fabrizio Rompno.

Portugaliyalik mutaxassis jamoani 2025 yil avgust oyida qabul qilib olgandi.

Saudiya Arabistoni chempionatida «An Nasr» 86 ochko to'plab, musobaqa jadvalida birinchi o'rinni egalladi. Ikkinchi pog'onadan 84 ochko jamg'argan «Al Hilol» joy oldi.

Jamoa hujumchisi va sardori Krishtianu Ronaldu ilk bor Saudiya Arabistoni chempioniga aylandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al Nassr Al Nassr
  • Saudiya Arabistoni Pro-ligasi Saudiya Arabistoni Pro-ligasi
Bugungi yangiliklar