Bugun
3
O'zbek

"An Nasr"da moliyaviy muammolar paydo bo'ldi – manba

Futbol
13 iyul, 13:48
Futbolchilar uchun iyun oyi uchun to'liq maosh to'lanmagan.
"An Nasr"da moliyaviy muammolar paydo bo'ldi – manba
Фото: Getty Images

Saudiya Arabistonining "An Nasr" jamoasida moliyaviy qiyinchiliklar paydo bo'ldi. Bu haqda Ar Riyadh nashri xabar berdi.

Xabar qilinishicha, jamoaning bir necha futbolchisi iyun oyi uchun to'liq bo'lmagan maosh olgan, ammo klub rahbariyati yaqin vaqt ichida o'yinchilar bilan to'liq hisob-kitob qilish ustida ishlamoqda.

Bundan tashqari, moliyaviy qiyinchiliklar shartnomasi yakunlanganidan so'ng klubni tark etgan xorvatiyalik yarimhimoyachi Marselo Brozovichning o'rniga xorijlik futbolchi bilan shartnoma imzolash jarayonini to'xtatib qo'ydi.

Shuningdek, klub rahbariyati moliyaviy muammolar sabab tarkibni kuchaytirish va yangi o'yinchilarni sotib olish ishlarini kechiktirmoqda. Chunki pul bilan bog'liq vaziyatga hali oydinlik kiritilmagan.

Avvalroq jamoaning yangi bosh murabbiyi etib Anje Postekoglu tayinlangandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al Nassr Al Nassr
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

35+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar