«An Nasr» hujumchisi Jon Duran faoliyatini «Galatasaroy»da davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda Fanatik nashri xabar berdi.
Manbaga ko'ra, tomonlar 22 yoshli kolumbiyalik futbolchining ijara transferi bo'yicha kelishuvga erishgan. Duran «Galatasaroy»da yiliga 4 million yevro maosh oladi, qolgan ish haqi esa Saudiya Arabistoni klubi tomonidan to'lanadi.
Qayd etilishicha, futbolchi rasmiy shartnoma imzolanishini kutmoqda va barcha hujjatlar rasmiylashtirilgach, Istanbulga yo'l oladi.
O'tgan mavsum Duran ham ijara asosida to'p tepgan. U mavsumning birinchi yarmida «Fenerbahche» safida 10 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Ikkinchi yarmida esa «Zenit» tarkibida 6 ta o'yinda ishtirok etib, bitta gol urgan.
Eslatib o'tamiz, Jon Duranning «An Nasr» bilan tuzgan amaldagi shartnomasi 2030 yilning yoziga qadar amal qiladi.