Bugun
28
O'zbek

Yamal: «Alvares «Barselona» uslubiga juda mos keladi»

Futbol
9 iyul, 08:00
Ispaniyalik vinger argentinalik hujumchining transferi amalga oshishiga umid bildirdi.
Yamal: «Alvares «Barselona» uslubiga juda mos keladi»
Foto: Getty Images

«Barselona» va Ispaniya milliy jamoasi vingeri Lamin Yamal Xulian Alvaresning Kataloniya klubiga ehtimoliy transferi haqida fikr bildirdi.

Avvalroq OAVda «Barselona» prezidenti Joan Laporta «Atletiko» hujumchisini transfer qilishni asosiy maqsadlardan biriga aylantirgani haqida xabarlar tarqalgandi.

«Xulian — juda yuqori saviyadagi futbolchi. Uni har qanday klub o'z safida ko'rishni istaydi. Avval ham aytganimdek, agar u bizga qo'shilsa, uni quchoq ochib kutib olamiz va bundan juda xursand bo'lamiz.

Menimcha, u «Barselona»ning o'yin uslubiga juda mos keladi. Vaziyat aslida qanday ekanini bilmayman, ammo bu transfer amalga oshishiga umid qilaman», — dedi Yamal.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Barselona Barselona
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
Bugungi yangiliklar