"Barselona" Dortmundning "Borussiya" klubiga Karim Adeyemini transfer qilish bo'yicha rasmiy taklif yubordi. Bu haqda jurnalist Fabrizio Romano xabar berdi.
Jamoa bosh murabbiyi Hans-Diter Flik vingerni o'z tarkibida ko'rishni istamoqda. Hozirda klublar o'rtasida muzokaralar davom etmoqda.
Qayd etilishicha, Adeyemining o'zi ham bu yozda faqat "Barselona"ga o'tishni xohlamoqda. Kataloniya klubi allaqachon o'z taklifini yuborgan va transferni yaqin vaqt ichida rasmiylashtirishga umid qilmoqda.
Ma'lumot o'rnida, o'tgan mavsum Karim Bundesligada 28 ta uchrashuvda ishtirok etib, 7 ta gol urdi va 4 ta assist amalga oshirdi. Avvalroq Adeyemi ikki klub bilan muzokara o'tkazayotgani ma'lum qilingan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi